Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIVda navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi noodatiy tarzda oʻtkazildi. Darsning birinchi qismida belgilangan mavzu boʻyicha dunyo va yurtimizda boʻlayotgan yangiliklar xususida slayd va tarqatma materiallar orqali maʼlumot berib oʻtildi.
Shundan keyin Maʼnaviyat va maʼrifat darslarida «Eng zukko bilimdon xodim» intellektual shou uyiniga navbat berildi. Boshlovchilar tomonidan darslarda oʻtilgan mavzulardan tayyorlangan savollar berilib, unga toʻgʻri va aniq javob bergan xodimlar orasidan 10 ta ishtirokchi tanlab olindi. Tanlov qiziqarli shartlar, xalq maqollari aytish va har xil mavzularda tayyorlangan savollar asosida oʻtkazildi. Oʻyinni erta tark etgan ishtirokchilar ham munosib taqdirlandi. Oxirida uchta ishtirokchi gʻoliblik uchun bellashdi.
Oʻtkazilgan bu noodatiy dars xodimlarning madaniy hordiq olishi va intellektual bilimini mustahkamlashiga xizmat qildi. Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
