Jizzax viloyati IIB tashabbusi bilan “Nurli maskan” maktab-internatida Yangi yil bayrami uyushtirildi. Tadbirda viloyatdagi badiiy jamoalar tomonidan tayyorlangan “Yangi yil sarguzashtlari” tomoshasi namoyish qilindi. Shuningdek, tadbirda oʻquvchilar sheʼr va qoʻshiq aytish hamda raqs tushishga oid iqtidorlarini namoyish qildilar. Soʻng qorbobo bolalarni sovgʻalar bilan siyladi.

Joriy yilda mazkur taʼlim muassasasi kapital taʼmirdan chiqarildi va oʻquvchilarning taʼlim olishi uchun qulay sharoitlar yaratildi. Bu ishga IIV hamda maktab-internatni otaligʻiga olgan Jizzax viloyati IIB munosib hissa qoʻshdi. Qisqasi, bayram “Nurli maskan” oʻqituvchi va oʻquvchilariga qoʻshaloq quvonch bagʻishladi.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.