“Vatanparvarlik oyligi” doirasida Nurota tumani IIB xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tegishli tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etgan tadbirda soʻzga chiqqanlar xodimlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasidagi tub islohotlar, shuningdek, ona Vatanni asrab-avaylash va unga munosib farzand boʻlish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash haqida soʻz yuritdi. Soʻng xizmat inzomiga rioya etish hamda xizmat qurolidan foydalanish, qismlarga ajratish va yigʻish mavzularida amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi.

 Shu kuni xizmat vaqtida halok boʻlgan xodim xonadoniga tashrif buyurilib, oila aʼzolari holidan xabar olindi. Shuningdek, xizmatda har tomonlama oʻrnak boʻlayotgan maʼsuliyatli xodimlarning ota-onalari bilan uchrashib tashakkur bildirildi.

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.