Hashar – ota-bobolarimizdan qolgan asriy urf-odatlarimizdan biri boʻlib, xalqni yakdillikka, birdamlikka chorlaydi, odamlar oʻrtasida mehr-oqibatni yanada mustahkamlaydi. 

Navoiy viloyati IIB tibbiyot boʻlimi xodimlari tashabbusi bilan oʻtkazilgan hashar tadbiri ham ana shunday ezgu maqsadlarga yoʻgʻrildi. Xodimlar hamjihatlikda muassasa atrofini chiqindilardan tozalashdi. Binolarda gigiena talablariga eʼtibor qaratilib, daraxtlar oqlanib, yerga qayta ishlov berildi. Hududda obodonlashtirish ishlari olib borildi. Binobarin, obodlik koʻngildan boshlanadi. Obod koʻngilli insonlarning esa amali ham ezgu va xayrli boʻladi.  

Mahliyo XOLOVA,

oʻz muxbirimiz.

Navoiy viloyati.