IIV Navoiy akademik litseyi oʻquvchilari uchun viloyat Iibda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tadbir chogʻida oʻquvchilar boshqarmadagi “Vatanparvarlik burchagi”, kutubxona va muzeyda boʻlishdi. Ularga ichki ishlar organlarining shonli tarixi va buguni, soha fidoyilari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, oʻquvchilar uchun oʻqotar qurollar, maxsus vositalar koʻrgazmasi namoyish etildi. Ular Situatsion markaz faoliyati bilan ham tanishishdi.
Mahliyo XOLOVA,
oʻz muxbirimiz.
Navoiy viloyati.
