Xorazm viloyati IIB hamda Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazining viloyat boʻlimi masʼul xodimlari hududlarda “Odam savdosiga qarshi kurashish oyligi” doirasida targʻibot tadbirlarini amalga oshirishmoqda.
Urganch shahri hududidagi mehnat jamoalari hamda mahallalarda oʻtkazilayotgan mazkur tadbirlarda odam savdosining ogʻir oqibatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilyapti. Shuningdek, targʻibot tadbirlarida aholining bu boradagi huquqiy bilimini oshirishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda hamda mavzuga oid turli videoroliklar namoyish etilyapti.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
Xorazm viloyati.
