Urganch shahridagi “Feruz Xorazm” masʼuliyati cheklangan jamiyatda “30 kun hamkorlikda odam savdosiga qarshi kurashish oyligi” doirasida tadbir boʻlib oʻtdi. Xorazm viloyati IIB hamda Respublika "Istiqbolli avlod" ijtimoiy-axborot markazi viloyat boʻlimi vakillari hamkorligida oʻtkazilgan mazkur tadbirda 70 nafarga yaqin ishchi-xizmatchilar ishtirok etishdi. Tadbirda soha mutaxassislari mamlakatimizda odam savdosi hamda majburiy mehnat ekspluatatsiyasiga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga batafsil toʻxtalib oʻtishdi. Ishtirokchilarga xorijiy mamlakatlarda ogʻir vaziyatga toʻqnash kelgan hollarda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish tartib-qoidalari tushuntirilib, ijtimoiy-huquqiy maslahatlar berildi.
Tadbir soʻnggida ishtirokchilarga “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi qoshidagi “Dolzarb aloqa” tarmogʻi raqamlari qayd etilgan flayer hamda posterlar tarqatildi.
Xudoybergan JABBOROV,
oʻz muxbirimiz.
Xorazm viloyati.
