Sirdaryo viloyati IIB TEQKB hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Sirdaryo tumanida odam savdosi bilan shugʻullangan shaxs qoʻlga olindi.
Tezkor tadbir davomida 1978 yilda tugʻilgan, Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumanida yashovchi fuqaro I.S. tanishlari Guliston tumani, Dehqonobod shaharchasida yashovchi K.M. hamda Sirdaryo shahrida yashovchi Q.D. larni Turkiya davlatiga fohishalik bilan shugʻullanishga olib ketayotgan vaqtida «Sirdaryo» YPH maskanida qoʻlga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda”muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
