Oʻqish davomida tinglovchilar kasbiy, jangovar-jismoniy, maʼnaviy-axloqiy bilimlarni mukammal egallab, oʻz mahoratlarini muntazam oshirib bordilar. Tinglovchilar bilan reja asosida madaniy-maʼrifiy tadbirlar va sport musobaqalari oʻtkazildi. Oʻquv kursi yakunida oʻtkazilgan sinov imtihonlari, yakuniy attestatsiya vazirlik sohaviy xizmatlari mutaxassislari ishtirokida boʻlib oʻtdi.

Tantanali tadbirda soʻzga chiqqan institut boshligʻi, polkovnik Olimjon Axmedov, keyingi yillarda Ichki ishlar vazirligi tizimida ham bir qator islohotlar amalga oshirilayotganligini taʼkidladi. 

Oʻquv kursi davomida oʻzining kasbiy bilimlarini oshirish, amaliy koʻnikmalarini takomillashtirish, dunyoqarashini yanada kengaytirishga intilib, yuqori koʻrsatkichlarga erishganligi va namunali xulqi uchun bir guruh tinglovchilar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati.