Sherzodbek Ishanxanov ichki ishlar organlaridagi xizmat faoliyatini 2005-yilda Andijon shahar IIB Navbatchilik qismi haydovchisi lavozimida boshlagan. Orada Andijon davlat universitetini sirtdan tamomla­gan. Undagi xizmat qilish istagi viloyat «Dinamo» JTSJda qoʻl jangi turi bilan shugʻullanish asnosida paydo boʻlgan.Podpolkovnik Sh. Ishanxanov oʻtgan yillar davomida Andijon shahar va viloyat IIBlarida turli lavozimlarda samarali xiz­mat qildi. 2023-yildan hozirga qadar viloyat IIB Tashkiliy boshqarmasining oʻta muhim ishlar boʻyicha inspektori lavozimida faoliyat olib bormoqda.Lavhamiz qahramoni isteʼfodagi polkovnik Gʻulomjon Rahimov, podpolkovniklar Valijon Boʻtayev, Sodiqjon Nishonov, Abdulla Ziaidovni oʻz ustoz­lari deb biladi. Shu bilan bir qatorda, oʻzi ham mayorlar Faryoz Rahmonov, Muhiddin Zaynobiddinov, Shamshiddin Oripov kabi shogirdlariga yoʻl-yoʻriq koʻrsatib kelmoqda.Rafiqasi Dildoraxon bilan toʻrt farzandni voyaga yetkazayotgan Sherzodbek Ishanxanovning katta oʻgʻli Muhammadislom oʻz yoʻlini otasiga qarab tanladi va u kabi boʻlishni orzu qilib oʻsdi. Oʻgʻli­ning oilaviy sulolani davom ettirish istagini eshitgan ota juda xursand boʻldi. Hozir u IIV Andijon akademik litseyining 2-bosqichida tahsil olmoqda. – Men otam kabi osoyishtalik posboni boʻlishni xohlayman, – deydi Muhammadislom. – Litseyni tamomlagach, IIV Aka­demiyasiga oʻqishga kirmoq­chiman. Ichki ishlar organlarida xizmat qilish oson emasligini, mashaqqatlarga toʻla ekanini yaxshi bilaman. Lekin xalqimiz himoyachisi boʻlishni, xavfsizlikni taʼminlashga oʻz hissamni qoʻshishni xohlayman.Onasi Muhammadislomni fikridan qaytarmoqchi boʻlib, maktabni tugatgan zahoti oʻzi istagan oliy­gohga hujjat topshirishi mumkinligini aytdi, lekin u oʻz soʻzida qattiq turib oldi va osoyishtalik posboni boʻlishga qatʼiy qaror qildi. Bu yil u litseyni tamomlaydi, hozirda IIV Akademiyasiga oʻqishga kirish uchun qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda, sport bilan shugʻullanmoqda.Insonning maqsad va orzulari oiladan boshlanadi. Sherzodbek ham oʻz oʻgʻli uchun munosib oʻrnak boʻldi. Oʻgʻil ota izidan ketishdek sharafli yoʻlni tanladi.

Boris KLEYMAN,

oʻz muxbirimiz.

Suratda: podpolkovnik Sherzodbek Ishanxanov oʻgʻli Muhammadislom bilan.

Andijon viloyati.