Sharof Rashidov tumani «Yakkaqayragʻoch» mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi V.M. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, oʻgʻrilardan jabr koʻrganligini maʼlum qilgan. Ayon boʻlishicha, nomaʼlum shaxs V.M. rahbarlik qiladigan MCHJga tegishli, Jizzax shahrining «Sayxon» mahallasida joylashgan konteynerning eshigini buzib, qiymati 36.000 AQSH dollariga teng boʻlgan 1 dona “KSDY-12/10” rusumli havo kompressori, bahosi 12.500 AQSH dollari boʻlgan “ROKENROL” rusumli 1 maydalash uskunasining ehtiyot qismlari hamda narxi 1.000 AQSH dollariga teng boʻlgan 2 dona burgʻuni oʻgʻirlab ketgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, oʻtkazilgan tezkor qidiruv natijasida ushbu qonunbuzarlik Samarqand viloyati Jonboy tumani Xolboy qishlogʻida istiqomat qiluvchi B.B. tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Undan oʻgʻirlangan uskunalarning barchasi qaytarib olingan. Gumonlanuvchiga qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Alijon ABDUSATTOROV,
oʻz muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
