Kasb fidoyisi

Sirdaryo viloyati IIB «102» xizmatiga Guliston tumani «Yulduz» mahallasi, «Shodlik» massivida «Gentra» rusumli oq rangli avtomashina yoʻqolganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushdi. Maʼlum boʻlishicha, N.N. ismli ayol ertalab avtomashinasini qizdirish uchun oʻt oldirgan va narsalarini olish uchun uyiga kirib ketgan. Qaytib chiqsa, avtomashina joyida yoʻq. 

Tezkor xabar asosida hududdagi barcha profilaktika, YHX inspektorlari, tezkor xodimlar oyoqqa turdi. Jumladan, Guliston tumani IIB «Baxmal» mahallasining profilaktika inspektori, leytenant Sardor Qosimov ham qidiruv ishlariga jalb qilindi. Uning «Yulduz» massividan Guliston shahrining kirish qismigacha boʻlgan qidiruv ishlari oʻz samarasini beradi. «Gentra» shaharning 6-mavzesiga kirish qismida tashlab ketilgan holda topildi. Kriminalistik ekspertiza natijasida uni Guliston tumanida yashovchi, 1986 yilda tugʻilgan N. ismli shaxs olib qochgani aniqlandi. U bu ishni qilayotganda mast holatda boʻlganini aytgan. Avtomashina va undagi narsalarga zarar yetkazilmagan. Hozirda unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Leytenant Sardor Qosimov Yangiyer shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2021 yildan beri ichki ishlar tizimida xizmat qilib kelmoqda. 

Oʻz muxbirimiz.

Sirdaryo viloyati.