IIV Xalqaro aeroportlarda xavsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7257-harbiy qismda harbiy xizmatchilarning yoʻl qoidalariga amal qilishi yuzasidan mashgʻulot oʻtkazildi. Mashgʻulot davomida harbiy xizmatchilarning shaxsiy va xizmat avtomashinalarini tegishli hujjatlar bilan boshqarishi tekshirildi.
Yoʻl patrul xizmati inspektori ishtirokida oʻtgan mashgʻulot davomida yoʻl harakati qoidalari, sodir boʻlgan koʻngilsiz hodisalar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Koʻp hollarda ayanchli tugagan yoʻl-transport hodisalariga tezlikni meyordan oshirish, mast holatda avtotransport vositasini boshqarish, yoʻl harakati qoidalariga rioya qilmaslik sabab boʻlayotgani aytib oʻtildi. Tadbir ishtirokichlari ogohlikka chaqirilib, qoidalarga amal qilib yurishi uqtirildi.
Gʻafur Toʻrayev,
podpolkovnik.
