Jizzax shahridagi Sambhram universitetida terrorizm va ekstremizm oqibatlaridan talabalarni ogoh etish maqsadida yigʻilish oʻtkazildi. Bu jarayonda viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan terrorizm va ekstremizm tahdidlari, mazkur turdagi jinoyatlarni sodir etganlarga nisbatan belgilanadigan jazolar, buzgʻunchi gʻoyalarni targʻib etish usullari toʻgʻrisida atroflicha soʻz yuritildi.

 Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.