Qarshi tumani IIB xodimlari tomonidan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida tezkor tadbir oʻtkazildi. Bunda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxslar X.J. va A.F.lar oʻzaro jinoiy til biriktirib, 50 gramm gashish giyohvandlik moddasini 12 million soʻmga sotayotgan vaqtida ashyoviy-dalillar bilan qoʻlga olindi. X.J.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda choʻntagidan 4 gramm gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Ayni kunda mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Oʻz muxbirimiz,

Qashqadaryo viloyati.