Buxoro shahar va viloyat IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Buxoro tumanining “Gulshanobod” mahallasida yashovchi, 1961-yilda tugʻilgan fuqaroning kiyimlari choʻntagidan sof vazni 1,06 grammga teng “gashish” giyohvandlik vositasi chiqdi. 

Qorakoʻl tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida esa tumanning “Osiyo” mahallasida yashovchi, 1978-yilda tugʻilgan shaxs boshqa bir fuqaroga qogʻoz boʻlagiga oʻralgan 191 grammga teng “marixuana” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda sotayotgan paytda qoʻlga olindi. 

Mazkur holatlar boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Oʻz muxbirimiz.

Buxoro viloyati.