“Ogʻu”ning zaxri yomon. U oʻz vaqtida bartaraf etilmasa, oqibati ayanchli tugashi mumkin. Shuning uchun ham inson hayoti uchun xavfli boʻlgan “Zahri qotil” savdosi bilan shugʻullanyotganlar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanmoqda. 

Jumladan, Yashnobod tumani Mirzo Ulugʻbek koʻchasida joylashgan "Diagnostika markazi" oldida osoyishtalik posbonlari 1994-yilda tugʻilgan I.N.ni toʻxtatib, xolislar ishtirokida tekshirib koʻrishganida, uning yonidan giyohvandlik moddasi topiladi. 

Toshkent shahar IIBB EKMning xulosasiga koʻra u 19,9 gramm "gashish" giyohvandlik moddasi ekanligi maʼlum boʻladi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sarvar SOBIROV,

«Postda» muxbiri.