Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Zulayho Mahkamova va Oʻzbekiston Respublikasi IIV JXX HPX boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik Umida Abdullayeva Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumanida boʻlishdi.

Mehmonlar dastlab Abu Rayhon Beruniy haykali poyiga gul qoʻyib, hurmat bajo keltirishdi. Shundan soʻng buyuk olim tugʻilib oʻsgan yurtda hozirgi kunda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

«Ohangaron tajribasi»ni keng targʻib qilish, jamiyatda yuz berayotgan hodisalar, shu jumladan, xotin-qizlar oʻrtasida uchrayotgan turli xil salbiy holatlarning oldini olish, ajrim yoqasiga kelib qolgan hamda nizoli oilalar bilan ishlash tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil etilgan tashrif davomida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV JXX HPB maʼsul xodimlari, boshqa mutassadi tashkilotlar, jamoatchilik vakillari oʻzaro tajriba almashdilar. Salbiy holatlarning oldini olish yuzasidan takliflar oʻrtaga tashlandi.

Xurzada REYMQULOVA,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV JXX HPB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik.