Yakkasaroy tumanida oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, ajrimlar sonini kamaytirish va sogʻlom ijtimoiy muhitni taʼminlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Tuman huzuridagi “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi” tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar ishtiroki bilan navbatdagi muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilish davomida har bir oilaning muammosi atroflicha oʻrganilib, kelishmovchilik sabablari tahlil qilindi. Muhokamalar yakuniga koʻra, 3 ta oilaga yarashish uchun qoʻshimcha muhlat berildi, 2 ta oilaga kelishmovchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar taqdim etildi.

Shuningdek, yarashish imkoni mavjud deb topilgan oilalarga mediator va psixolog mutaxassislar biriktirilib, yakka tartibda maslahat va suhbatlar tashkil etilmoqda. Bu esa oilalarni saqlab qolish, farzandlar manfaatlarini himoya qilish va barqaror ijtimoiy muhitni taʼminlashga xizmat qiladi.