Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari tasdiqlangan grafik asosida Buxoro viloyatida sud-huquq masalalari boʻyicha ommaviy qabullarni oʻtkazmoqdalar. Qabulning dastlabki kuni Shofirkon tumani Jilvon mahallasida boʻlib oʻtdi. Bunda viloyatning Gʻijduvon, Shofirkon va Vobkent tumanlaridan kelgan fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq murojaatlari Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, general-mayor Bahodir Mirzaraximov tomonidan qabul qilindi.

Qabulda kelib tushgan 25 ta murojaatning 9 tasi joyida hal etildi. Qolganlarining yechimi boʻyicha muddat belgilanib, masʼullarga manzilli topshiriqlar berildi. Shuningdek, qabul jarayonida 7 nafar fuqaroga ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi. 


Buxoro viloyati IIB axborot xizmati.