Ona tabiat goʻzalligini asrash bir kishi yoki maʼlum tashkilotning vazifasi deb oʻylash notoʻgʻridir. Chunki inson ham ona tabiatning bir boʻlagidir. Shunday ekan, har qanday ekologik holatlarning buzilishiga befarq boʻlmang.
IIV noqonuniy daraxt kesishlar, maishiy chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash, brakonʼerlik holatlari boʻyicha fuqarolar murojaat qilishi mumkin boʻlgan telefon raqamlarini eʼlon qildi. Agar siz ham ana shunday holatlarga guvoh boʻlsangiz zudlik bilan bu haqda quyida koʻrsatilgan telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.
Unutmang, siz bu ishingiz bilan ona tabiatni asrashga oʻz hissangizni qoʻshgan boʻlasiz.
