Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari rahbarlari va tegishli sohaviy xizmat xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursantlariga onlayn master-klass mashgʻulotlari oʻtildi. Mashgʻulotlarda jamoat tartibini saqlash, ayollarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar tanishtirildi. Kursantlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
