Kuni kecha IIV oʻquv-dala markazida ichki ishlar organlarining safdorlar tarkibiga qabul qilingan xodimlar uchun navbatdagi boshlangʻich tayyorgarlik oʻquv kursi oʻz yakuniga yetdi.

Shu munosabat bilan tinglovchilarning bitiruv marosimiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda vazirlik Malaka oshirish instituti shaxsiy tarkibi, keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻz olganlar ichki ishlar organlari xodimlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish hamda sohani bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak insoniy va professional salohiyatga ega yosh kadrlar bilan jamlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini taʼkidladi.

Shuningdek, oʻqish jarayonida oʻzining amaliy koʻnikmalari va maʼnaviy dunyoqarashini yanada kengaytirishga intilib, yuqori natijalarga erishgan bir guruh tinglovchilar faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Oʻz muxbir

imiz.