Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tuman Qoʻriqlash boʻlimida xodimlar uchun oʻquv-amaliy mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. 

Mazkur tadbirdan koʻzlangan maqsad – xodimlarning xizmat jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarda, jumladan yongʻin, is gazining sizib chiqishi va gaz-havo aralashmasi chaqnashining oldini olish va bartaraf etish borasidagi tayyorgarligini oshirishdan iboratdir.

Tadbir davomida mutaxassislar qoʻriqlanadigan obʼektlarda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratishdi. Ishtirokchilar xavfli vaziyatlar yuzaga kelganda harakat qilish ketma-ketligini batafsil oʻrgandilar. Fuqarolar va qoʻriqlanadigan obʼektlar xavfsizligini taʼminlash koʻnikmalarini mashq qildilar.

Shuningdek, birinchi tibbiy yordam koʻrsatishning amaliy jihatlariga katta eʼtibor qaratildi. Tajribali mutaxassislar favqulodda vaziyatlarda samarali harakat qilish imkonini beruvchi toʻgʻri usul va uslublarni namoyish etdilar.

Mashgʻulotning interfaol shakli har bir xodimga nafaqat zarur nazariy bilimlarni olish, balki ularni amaliyotda mustahkamlash imkonini berdi.