Bektemir tumanida hokimlik, huquqni muhofaza qilish idoralari va kommunal soha vakillari ishtirokida 2025-2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va betalofat oʻtkazish boʻyicha komplekt maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida mexanizatsiya ishlari yigʻma komandalarining kuch va vositalari "Yigʻin" signali asosida tayyor holatga keltirilib, barcha texnikalardagi asbob-anjomlar roʻyxati koʻrib chiqildi.
Oʻz muxbirimiz,
Toshkent shahri.
