Viloyat ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlari hamda Jizzax shahridagi mahallalar xotin-qizlar faollarining gender tengligini taʼminlashga oid bilimlarini oshirishga qaratilgan ikki kunlik oʻquv seminari uyushtirildi. Mazkur jarayonda ayollarga nisbatan zoʻravonliklarning oldini olish, jabrlanganlarga psixologik yordam koʻrsatish, himoya orderiga oid tartiblar, zoʻravonlik va oilaviy nizoga huquqiy baho berish masalalariga eʼtibor qaratildi. Ikki kun davom etgan oʻquv “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi bilan hamkorlikda tashkil qilindi.
Oʻz muxbirimiz,
Jizzax viloyati.
