IIV Namangan akademik litseyida viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati tarkibiga kiruvchi patrul-post, yoʻl-patrul, huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya boʻlinmalari xodimlari uchun jangovar, jismoniy hamda axloqiy-psixologik tayyorgarlik yoʻnalishlarida oʻquv-yigʻini tashkil etildi.
Oʻquv mashgʻulotlarida harbiy nizomlarning huquqiy va amaliy ahamiyati, ichki ishlar organlari faoliyatidagi oʻrni, harbiy intizomni mustahkamlash, xizmat vazifalarini qonuniylik va masʼuliyat asosida bajarish zaruriyati haqida batafsil tushunchalar berildi. Yigʻin ishtirokchilari yangi talablarni xizmat faoliyatida toʻgʻri va samarali qoʻllash boʻyicha muhim tavsiyalar bilan tanishtirildi.
Oʻz muxbirimiz,
Namangan viloyati.
