Joriy yilning 29-yanvar kuni IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlari bazasida vazirlikning Harbiy tuzilmalari boʻlinmalarining 2023-yilgi jangovar-xizmat faoliyati yakunlariga doir hisoboti va uslubiy oʻquv yigʻini mashgʻulotlariga start berildi. Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov tadbirni ochgach, oʻquv uslubiy yigʻini mashgʻulotlarining oʻquv nuqtalari, moddiy bazasi bilan yaqindan tanishdi.
Yigʻin davomida vazir oʻrinbosari hozirgi kunda mintaqamizda va dunyoda hukm surayotgan vaziyat, Qurolli Kuchlarimiz oldiga Prezidentimiz tomonidan qoʻyilayotgan muhim vazifalar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida va vazirlik tizimida oʻtkazilgan nufuzli musobaqalarda gʻolibliikni qoʻlga kiritgan bir qator sportchilarni taqdirlardi.
Azamat KURBANBAYEV,
kichik serjant.
