Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7552-harbiy qismga biriktirilgan Yangi Namangan tumanida joylashgan 71-sonli hamda Pop tumanida joylashgan 1-sonli oʻrta umumtaʼlim maktablari negizida tashkil etilgan “Jasorat maktabi” oʻquvchi-yoshlari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri boʻlib oʻtdi.
Oʻquvchilar dastavval harbiy qism kun tartibi bilan tanishtirildi. Soʻng harbiy qism xodimlari xizmatda foydalanib kelayotgan texnika va boshqa maxsus vositalar koʻrgazmali tarzda namoyish etildi. Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlariga yaratilgan sharoitlar, zamonaviy qurol-aslahalar hamda texnikalar tavsifi va ishlash jarayonlari koʻrsatilib, nazariy-amaliy tushunchalar berildi.
Tadbir qatnashchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.
