Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlariga qarashli Namangan shahridagi 7254-sonli harbiy qism qoʻmondonligi tashabbusi bilan Chust tumanidagi 17- umumtaʼlim maktabi va IIV Namangan akademik litseyi oquvchilari harbiy qismga taklif etildi.
Ular harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Shu kuni oʻquvchi-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga ham batafsil javob olishdi.
Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,
"Postda" muxbiri.
