1960-yilda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida tugʻilgan Karim Nodirov oʻziga bogʻliq boʻlgan turli sabablarga koʻra dastlab chet el fuqarosi sifatida, 2018-yildan buyon esa fuqaroligi boʻlmagan shaxs sifatida mamlakatimiz hududida istiqomat qilib kelayotgan edi. Yaqinda bu insonning azaliy orzusi ushaldi – unga davlatimiz rahbarining tegishli Farmoniga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi. Karim Nodirovga identifikasion ID kartasini Navoiy viloyati hokimi tantanali ravishda topshirdi.

Mahliyo XOLOVA,

oʻz muxbirimiz.

Navoiy viloyati.