Navbahor tumani IIB HPB xodimlari tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasi natijadorligini oshirishga qaratilgan bir qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, tumandagi umumtaʼlim maktablarida “Davomat” va “Tigʻ” tadbirlari oʻtkazilyapti. Mazkur tadbirlar davomida tuman kasb-hunar maktabi oʻquvchilari oʻzaro janjallashganligi boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirildi.
Ushbu holat tuman hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyasi yigʻilishda muhokama qilindi. Komissiya majlisida tuman IIBning voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha masʼul xodimlari, kasb-hunar maktabi oʻqituvchilari hamda bolalarning ota-onalari ishtirok etishdi. Komissiya qaroriga koʻra, huquqbuzarlik sodir etgan voyaga yetmaganlar profilaktik hisobga olindi, ularning ota-onalariga nisbatan esa tegishli maʼmuriy jazo choralari qoʻllanildi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
