Navoiy viloyati IIBda bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti munosabati bilan IIV Akademiyasining 30 nafar kursanti va ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda soʻzga chiqqan masʼul xodimlar amaliyotchilar xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya qilishi, amaliyotni belgilangan tartibda oʻtashi hamda oʻzlariga biriktirilgan murabbiylar talabini bajarishi lozimligini taʼkidlashdi.
Shuningdek, fuqarolar bilan munosabatda hushmomala boʻlish, hodisaga huquqiy baho bera olish qobiliyatini rivojlantirish boʻyicha ham muhim tavsiyalar berildi. Soʻng aʼlo baholari va namunali xulqi bilan boshqa saboqdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan kursantlarning ota-onalariga tashakkur bildirildi. Tadbir soʻngida kursantlarning ota-onalari soʻzga chiqib, amaliyot vaqtida farzandlari ustidan nazoratni kuchaytirishlarini aytishdi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
