Olot tumani IIB xodimlari bilan xizmat intizomiga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazildi. Yigʻilishda tuman hokimi Nargiza Nematova, IIB boshligʻi, podpolkovnik Jamshid Tangriyev, xodimlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Jarayonda xizmat mobaynida poraxoʻrlik va tamagirlik hamda korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik, xizmatga sovuqqonlik bilan qaragan, vakolat doirasidan chetga chiqqan xodimlarga qatʼiy chora koʻrilishi alohida taʼkidlandi. Tadbir davomida xizmat faoliyatida namuna koʻrsatgan bir guruh xodimlarning ota-onasi va turmush oʻrtoqlariga viloyat IIB boshligʻining tashakkurnomasi topshirildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
