Sharof Rashidov tumanidagi harbiy qismda “Jasorat maktabi”ning navbatdagi oʻquv yigʻini boʻlib oʻtmoqda. 10 kun davom etadigan yigʻinda 90 nafar uyushmagan yoshlarga askarlikka oid boshlangʻich bilim va koʻnikmalarni singdirish koʻzda tutilgan. Shuningdek, bu davrda viloyat IIB boshligʻi bilan muloqot, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalari uyushtiriladi. Maʼlumot oʻrnida aytish kerak, yigʻin ishtirokchilarining bir qismi IIB masʼullari otaligʻidagi yoshlardir.
Alijon ABDUSATTOROV,
oʻz muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
