Mustaqil yurtimizda yoshlar kelajagi bilan bogʻliq koʻplab harbiy-vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi, shuningdek, mazkur hududda joylashgan 7532-harbiy qism, viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamda keng jamoatchilik vakillari hamkorligida tashkil etilgan “Ommaviy madaniyat – millat kushandasi” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ham ayni shu maqsadga xizmat qildi.
Unda soʻzga chiqqanlar bugungi kunda yoshlarning maʼnaviy saviyasi, ular tomonidan mamlakatimiz ravnaqi yoʻlida olib borilayotgan saʼy-harakatlar hamda ertangi kunimiz egalarining ijtimoiy tarmoqlardan togʻri foydalanishi borasida batafsil taʼkidladi.
Yuqori saviyada boʻlib oʻtgan ushbu tadbir soʻnggida oʻquvchi-yoshlar va harbiylar tomonidan tayyorlangan sheʼriy va musiqiy chiqishlar barchaga manzur boʻldi.
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.
