Viloyat IIB boshligʻining tegishli farmoyishiga asosan oʻtkazilayotgan «Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi» Margʻilon shahar IIBda ham samarali tashkil etilyapti.

Xususan, shahar adliya boʻlimi boshligʻi Moʻydinjon Haydarov ishtirokida boʻlib oʻtgan “Biz – korrupsiyaga qarshimiz” mavzusidagi huquqiy targʻibot tadbiri yurt posbonlarining bilim va salohiyatini yuksaltirishga xizmat qildi. Unda xodimlar oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, ularning maʼnaviy-maʼrifiy savodxonligini yuksaltirish, salbiy illatlarning oldini olish kabi masalalarda atroflicha soʻz yuritildi.

Shu bilan birga, boʻlim rahbariyati har bir xodimning xizmat xonasidagi shart-sharoitlar, hujjat yuritish tartiblari, ularning psixologik holatini oʻrganib, individual tartibda suhbatlar ham oʻtkazmoqda. Boʻlim qoshidagi kutubxonada esa yosh xodimlar ishtirokida maʼrifat soatlari tashkil etilyapti.

Abduvosit SIDIQOV,

oʻz muxbirimiz.

Fargʻona viloyati.