Shu kunlarda “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi barcha sohalar qatori ichki ishlar organlarida ham keng oʻrganilib kelinmoqda. Jumladan, yaqinda IIV huzuridagi JIED Birinchi mintaqaviy hudud 23-sonli mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxona xodimlari uchun ham oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.
Unda IIV Akademiyasi professori, polkovnik Sharif Qobilov mazkur strategiyaning mazmun-mohiyati, ahamiyati haqida batafsil toʻxtaldi. Xususan, islohotlarni toʻlaqonli amalga oshirish, yoshlarni ona Vatanga mehr-muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash hamda osoyishtalik posbonlarining maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini oshirishda ushbu hujjatning ahamiyati beqiyos ekanligi toʻgʻrisida fikr yuritdi. Tadbir yakunida Sharif Qobilov oʻzining “Maʼnaviy olamni asrash qaygʻusi” nomli kitobidan 30 nusxasini muassasaning jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan jonkuyar xodimlarga sovgʻa qildi.
ARSLON HAYDAROV,
mayor.
