Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi kunda fuqarolarni tezkor, ishonchli va rasmiy axborot bilan taʼminlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Instagram, Facebook, Telegram va You Tube tarmoqlaridagi rasmiy sahifalari orqali oʻz faoliyatiga oid yangiliklar, kiberxavfsizlik boʻyicha tavsiyalar, internet firibgarligining oldini olishga qaratilgan profilaktik materiallar, ogohlantirishlar hamda fuqarolar uchun foydali axborotlarni muntazam eʼlon qilib bormoqda.
Mazkur sahifalarda eʼlon qilinadigan barcha maʼlumotlar Departamentning rasmiy axboroti hisoblanadi.
Fuqarolardan Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti nomidan yuritilayotgan faqat rasmiy sahifalarga ishonish hamda axborotni ushbu manbalar orqali olish soʻraladi.
Departamentning rasmiy sahifalari:
Instagram: https://instagram.com/cyberpolice_iiv
Facebook: https://facebook.com/cyberpolice.iiv
Telegram: https://t.me/cyberpolice_iiv
YouTube: https://youtube.com/@cyberpolice_iiv
Rasmiy sahifalarni kuzatib boring va kiberxavfsizlikka oid dolzarb maʼlumotlardan xabardor boʻling.
IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti