Nomaʼlum shaxs Qorakoʻl tumani “Mallaishayx” mahallasida yashovchi fuqaroning nomiga bankdan kredit rasmiylashtirib, pullarni oʻz ehtiyojiga sarfladi. Buning uchun u fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan plastik kartaga boshqa shaxsning telefonidan SMS xabarnomani ulaydi. Soʻng onlayn ravishda bankdan 22 million 858 ming soʻmga yaqin kredit pullarini rasmiylashtirib oladi. Mazkur pullarni maishiy texnika vositalari sotib olish uchun MChJ hisob raqamiga oʻtkazib, hech qanday maishiy texnikalari olmasdan pullarni naqdlashtirib oladi.

Mazkur holat yuzasidan Qorakoʻl tumani IIB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Olib borilgan tezkor-texnik surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni shu mahallada yashovchi F.O. sodir qilganligi aniqlandi. Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

M.AHADOV,

oʻz muxbirimiz.

Buxoro viloyati.