Fargʻona tumani IIB xodimlarining hushyorligi tufayli pirotexnika vositalarining savdosiga chek qoʻyildi.

Jumladan, mazkur hududda olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida, Xoʻja Ahmad Vale mahallasida yashovchi O.Z.ning xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, taxminiy bahosi 24 million soʻm boʻlgan 132 ming dona “Britanik” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Shuningdek ushbu tumanning “Vodil” mahallasida istiqomat qiluvchi Sh.I.ning xonadonida ham taxminiy bahosi 14 million 400 ming soʻm boʻlgan 79 ming 200 dona “Treniya” nomli pirotexnika vositalari borligi fosh etilib, ularning sotuvga chiqishining oldi olindi.

Endilikda, har ikki holat boʻyicha ham hujjatlar rasmiylashtirilib, qonunbuzarlarga nisbatan tegishli choralar koʻrildi.

Abduvosit SIDIQOV,

oʻz muxbirimiz.