Jizzax viloyati IIB JTSB xodimlari Jizzax shahridagi “Eskishahar” dehqon bozorida oʻrta umumtaʼlim maktabining 7-sinf oʻquvchisi qoʻshni davlatda ishlab chiqarilgan, mamlakatimizda sotish qonunan taqiqlangan 600 dona pirotexnika vositasini oʻzi bilan birga olib yurganligini aniqladilar. Sharof Rashidov tumanining “Qoʻshkoʻprik” mahallasida yashovchi bolaga nisbatan qonunda belgilangan tartibda huquqiy harakatlar amalga oshirilmoqda.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
