Joriy yilning 3-oktabr kuni soat 09:00 lar edi. Toshkent shahar Bektemir tumani TXAY koʻchasida joylashgan “Qoʻyliq dehqon bozori” roʻparasida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi tomonidan piyoda, 1982-yilda tugʻilgan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Ellikqalʼa tumanida yashovchi B.A. shubha ostiga olinib, uning maʼlumotlari planshet moslamasi yordamida maxsus dastur orqali tekshiriladi. Buni qarangki, ushbu fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, 2017-yil yanvar oyidan buyon qidiruvdaligi maʼlum boʻlgan.

Fuqaro B.A.ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Bektemir tumani IIOFMBga topshirildi.

Sarvar SOBIROV,

“Postda” muxbiri.