Jizzax viloyati Arnasoy tumani Gʻafur Gʻulom nomidagi mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi U.U. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, unga tegishli boʻlgan bank plastik kartasidan nomaʼlum shaxs 750 ming soʻm yechib olganligini maʼlum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani “Chanoq” mahalla fuqarolar yigʻinida doimiy, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida vaqtincha roʻyxatga olingan B.S. sodir etgani aniqlandi. Ayblanuvchi bu ishni ijtimoiy tarmoq ilovasi orqali amalga oshirgan. Undan 4 dona bank plastik kartasi hujjatlashtirib olindi.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.