Firibgarlikni kasb qilgan Jizzax shahrining «Ravalliq» mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi SH.B.ning darvozasini taqillatadiganlar koʻpayib qolgach, uning qilmishlari huquqni muhofaza qiluvchi idoralar eʼtiborini tortdi. Tez orada jazoga tortilishini sezgan bu kimsa gʻoyib boʻlishni vaziyatdan chiqish yoʻli, deb bildi.

Ammo ichki ishlar organlari xodimlari ayblanuvchining jazosiz qolishiga yoʻl qoʻymadilar. SH.B.ning Toshkent shahridagi yashirin manzili aniqlanib, qoʻlga olindi.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.