Shayxontohur tumanida probatsiya nazoratida turgan shaxslar bilan navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbir “Botir Zokirov” nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti majlislar zalida tashkil etildi.

Uchrashuvda tuman IIOFMB masʼul xodimlari hamda jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi sudyasi A. Mirzaxanov ishtirok etdi.

Tadbir davomida yoshlarni salbiy illatlardan asrash, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, giyohvandlik, ekstremizm va kiberjinoyatlardan himoyalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar hamda jazoni ijro etish tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Uchrashuv yakunida sayyor sud majlisi oʻtkazilib, axloqan tuzalish yoʻliga oʻtgan 5 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 73-moddasi asosida jazoni oʻtash muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi. Bundan tashqari, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar va ularning jamiyatga moslashuvini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ham batafsil maʼlumot berildi.