IIV oʻrinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev huzurida Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan 2024-yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar xususida videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda oʻtgan yil davomida amalga oshirilgan ijobiy ishlar barobarida, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi. Yigʻilish yakunida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar reytingi koʻrsatgichlari boʻyicha respublika miqyosida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan Buxoro viloyati IIV JXX Probatsiya boʻlimi xodimlarining mehnati alohida eʼtirof etildi.

        A. XOLIQOV,

podpolkovnik.

Buxoro viloyati.