2024–2025-oʻquv yili uchun hududlarda profilaktika inspektorlarini Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda yurisprudensiya sohasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlgan boshqa davlat oliy taʼlim muassasalari sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma beriladigan xodimlarni aniqlash maqsadida Buxoro shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Buxoro va Navoiy Ichki ishlar boshqarmalarida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari maxsus test sinovlaridan oʻtkazildi. Taʼkidlash joizki, ushbu islohotlar ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari oldida turgan muhim vazifalarning samarali amalga oshirilishini taʼminlashga muhim zamin yaratadi.
Oʻz muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
