Soʻnggi yillarda mamlakatimizda ichki ishlar organlari uchun mutaxassislar tayyorlashning yangi tizimini joriy etib, faoliyat samaradorligini tubdan oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu oʻrinda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yoʻnalishdagi bilimlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan ham bir qator rejali ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 2022-2023-oʻquv yili uchun hududlarda profilaktika inspektorlarini Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda yurisprudensiya sohasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlgan boshqa davlat oliy taʼlim muassasalari sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma beriladigan xodimlarni aniqlash maqsadida Davlat test markazi tomonidan Buxoro shahrida Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari Ichki ishlar boshqarmalarida hamda Qoraqalpogʻizton Respublikasi Ichki ishlar vazirligida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari maxsus test sinovlaridan oʻtkazildi.
Taʼkidlash joijki, ushbu islohotlar ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari oldida turgan muhim vazifalarning samarali amalga oshirilishini taʼminlashga muhim zamin yaratadi.
Sh. JALOLOV,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
