Chilonzor tumani hududdagi “S. H. Sirojiddinov” nomidagi akademik litseyida IIOFMB HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, mayor Sevara Tosheva va yoshlar masalalari boʻyicha katta inspektor, leytenant G. Abdukarimova bilan hamkorlikda Payshanba – profilaktika kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi. Oʻquvchilarga zararli odatlarning salbiy oqibatlari tushuntirilib, davomat yuzasidan tekshiruv ishlari amalga oshirildi. Odob-ahloqida muammolari boʻlgan oʻquvchilar bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbat oʻtkazildi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
